locale OZ

Mbappe «Real»dagi eng yaxshi oʻyinini aytdi

Bu bahs Chempionlar ligasiga to'g'ri keladi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Mbappe «Real»dagi eng yaxshi oʻyinini aytdi
ФОТО: Getty images

Madridning “Real” klubi hujumchisi Kilian Mbappe “qaymoqranglilar” safidagi qaysi oʻyinini eng yaxshisi deb hisoblashi haqidagi savolga javob berdi.

“Manchester Siti”ga qarshi oʻyinda xet-trik qayd etganimda. Bu 100 ichidan 100 ballik chiqishga oʻxshardi. Bu Chempionlar ligasi oʻyini, pley-off bosqichi edi. Men “Santyago Bernabeu”da xet-trik qayd etdim”, — deya Mbappening soʻzlarini keltiradi AS nashri Sorare YouTube kanaliga tayanib.

Mbappe 2024/2025-yilgi mavsum Chempionlar ligasining 1/8 finalida oʻynash huquqi uchun “Manchester Siti”ga qarshi javob oʻyinida (3:1) xet-trik qayd etdi. Bu gʻalaba “qaymoqranglilar”ga musobaqaning 1/8 finaliga chiqishga yordam berdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting