locale OZ

Mbappe “Real”da o'ziga xos rekord o'rnatdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Mbappe “Real”da o'ziga xos rekord o'rnatdi
FOTO: Getty Images
Ispaniya La Ligasi
24.05.2025, Yak.
Real Madrid
2
Real Sociedad
0

Madridning “Real” klubi hujumchisi Kilian Mbappe La Ligadagi debyut mavsumida 30 va undan ko'proq gol urgan “qaymoqranglilar”ning ilk futbolchisiga aylandi. Bu haqda Squawka nashri xabar bermoqda.

Fransiyalik futbolchi Ispaniya chempionati doirasidagi “Real Sosedad”da qarshi o'yinda (2:0) dublni rasmiylashtirdi va La Ligadagi gollari sonini 31 taga yetkazib oldi.

Shu tariqa, Mbappe birinchi mavsumda urgan gollari soni bo'yicha La Liga tarixida 3-o'ringa ko'tarildi.

1. Ronaldo (1996/1997, “Barselona”) - 34 ta

2. Pruden (1940/1941, “Atletiko”) - 33 ta

3. Kilian Mbappe (2024/2025, “Real Madrid”) - 31 ta

4. Romario (1993/1994, “Barselona”) - 30 ta.

Ma'lumot uchun, Mbappe joriy mavsum barcha turnirlarda 54 ta o'yinda maydonga tushib, 42 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting