locale OZ

Mbappe «Real»da mavsumning eng yaxshi futbolchisi deb topildi

Eslatib o'tamiz, Mbappe 25 ta gol urib, La Liga to'purari bo'ldi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Mbappe «Real»da mavsumning eng yaxshi futbolchisi deb topildi
ФОТО: Getty images

Madridning "Real" klubi o'zining rasmiy saytida 2025/2026 yilgi mavsum yakunlariga ko'ra eng yaxshi futbolchi nomini e'lon qildi.

Bu sovrin "qaymoqranglilar"ning frantsiyalik hujumchisi Kilian Mbappega nasib etdi. U bu sovrinni ketma-ket ikkinchi mavsum qo'lga kiritmoqda.

Eslatib o'tamiz, Mbappe 25 ta gol urib, La Liga to'purari bo'ldi. Shuningdek, u amaldagi Chempionlar Ligasi to'purarlari ro'yxatida birinchi o'rinda bormoqda (15 ta gol).

Yakunlangan mavsumda Kilian "Real" safida jami 44 ta o'yin o'tkazib, 42 ta gol urdi. U to'rt marta "Qirollik klubi"da oyning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan. Mbappe mavsum oxiridagi ba'zi o'yinlarni jarohati sababli o'tkazib yubordi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting