locale OZ

Mbappe «Real» tarixida bir yilda 55 ta gol urgan ikkinchi futbolchiga aylandi

Ushbu koʻrsatkich boʻyicha Krishtianu Ronaldu yetakchilik qilmoqda.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Mbappe «Real» tarixida bir yilda 55 ta gol urgan ikkinchi futbolchiga aylandi
FOTO: Getty Images

«Real Madrid» hujumchisi Kilian Mbappe klub tarixida yana bir yutuqqa erishdi. Fransiyalik yulduz bir kalendar yilida 55 ta gol urishga muvaffaq bo‘lib, klub tarixida bunday natijaga erishgan ikkinchi futbolchiga aylandi.

Bungacha bu marrani faqat afsonaviy portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu zabt etgan edi. Hozirda Ronaldo Saudiya Arabistonining «An Nasr» klubida to‘p suradi.

«Real» safida bir kalendar yilida eng ko‘p gol urgan futbolchilar ro‘yxati quyidagicha:

• «Krishtianu Ronaldu, 2013 — 59 ta gol»

• «Krishtianu Ronaldu, 2012 — 58 ta gol»

• «Krishtianu Ronaldu, 2014 — 56 ta gol»

• «Kilian Mbappe, 2025 — 55 ta gol (yil oxirigacha yana bir necha o‘yin bor)»

• «Krishtianu Ronaldu, 2015 — 54 ta gol»

• «Krishtianu Ronaldu, 2011 — 53 ta gol»

Eslatib o‘tamiz, Mbappe 2024 yil yozida «Real Madrid» safiga qo‘shilgan edi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting