locale OZ

Mbappe PSJ ustidan shikoyat qildi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Mbappe PSJ ustidan shikoyat qildi
FOTO: Getty Images

Madridning “Real” klubi hujumchisi Kilian Mbappe PSJ ustidan manaviy haqorat uchun shikoyat qildi. Parij prokuraturasi ushbu ish yuzasidan tergov boshladi. Bu haqda AFP nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, Mbappe 2025-yilning may oyida PSJ'ga qarshi da'vo arizasini yozgan. U “manaviy tazyiq” va tovlamachilik qilinganidan shikoyat qilgan.

PSJ va Mbappe o'rtasida kelishmovchilik 2023-yilning yozida yuzaga kelgan. O'shanda parijliklar Kiliandan shartnomani uzaytirmasligini eshitgach, hujumchini mashg'ulotlardan chetlatgandi.

Ma'lumot uchun, Mbappe 2024-yilning yozida “Real” safiga kelib qo'shildi. U joriy mavsum barcha turnirlarda 56 ta o'yinda maydonga tushib, 43 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting