locale OZ

Mbappe: «Nega o‘ynamaganimni murabbiýdan so‘rang»

“Oviedo”ga qarshi o‘yinda Kilian 69-daqiqada zaxiradan maydonga tushirildi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Mbappe: «Nega o‘ynamaganimni murabbiýdan so‘rang»
ФОТО: Getty images

Madridning “Real” klubi hujumchisi Kilian Mbappe jarohatdan so‘ng jamoa tarkibiga qaytgach, nega so‘nggi ikki o‘yinda ishtirok etmagani haqida fikr bildirdi.

Avvalroq fransuz futbolchisi Ispaniya chempionati doirasida “Espanyol” va “Barselona”ga qarshi bahslarni jarohati sababli o‘tkazib yuborgani haqida xabarlar tarqalgan edi. So‘nggi turda “Oviedo”ga qarshi o‘yinda (2:0) Mbappe 69-daqiqada maydonga tushirildi.

«Men o‘zimni 100 foiz tayyor his qilyapman va o‘ynashga tayyorman. Nega o‘ynamaganimni bilmoqchimisiz? Buni murabbiýdan so‘rang», — dedi Mbappe. Uning so‘zlarini Fabrizio Romano o‘zining X sahifasida keltirgan.

Joriy mavsumda Mbappe barcha musobaqalarda 42 ta o‘yinda ishtirok etib, 41 ta gol va 7 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting