Mbappe joriy mavsum «Real»ning yarmidan koʻp goliga mualliflik qildi
Madridning «Real» klubi hujumchisi Kilian Mbappe joriy mavsumda «qaymoqranglilar» urgan barcha gollarning 55,3 foiziga mualliflik qildi. Bu haqda The Touchline nashri X ijtimoiy tarmog‘ida xabar berdi.
La Liganing 16-turida «Alaves»ga qarshi bahsda Mbappe «Real»ning birinchi golini kiritdi. Uchrashuv Madrid klubi foydasiga 2:1 hisobida yakunlandi.
Mbappe «Real» safida 2024 yil yozidan beri to‘p surib kelmoqda. Avvalroq u «Pari Sen-Jermen» va «Monako» klublarida o‘ynagan. Joriy mavsumda fransiyalik hujumchi klub miqyosida 25 ta o‘yin o‘tkazib, 27 ta gol urdi va 4 ta golli uzatma amalga oshirdi.
Kilian Mbappening «Real» bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil iyun oyining oxirigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali futbolchining bozor qiymatini 200 million yevroga baholamoqda.