locale OZ

Mbappe bir kalendar yilida urilgan gollar soni boʻyicha Ronalduga yaqinlashib oldi

Fransiyalik futbolchi ushbu koʻrsatkich boʻyicha rekordni yangilashi mumkin.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Mbappe bir kalendar yilida urilgan gollar soni boʻyicha Ronalduga yaqinlashib oldi
FOTO: Getty Images

Fransiyalik hujumchi Kilian Mbappe 2025 yil davomida «Real» safidagi 56-golini urdi. Futbolchi Ispaniya chempionatining 16-turi doirasida «Alaves»ga qarshi o‘yinda (2:1) raqib darvozasini ishg‘ol qildi.

Shu tariqa Mbappe «Real» tarkibida bir kalendar yil ichida kiritilgan gollar bo‘yicha Krishtianu Ronalduning rekordiga yaqinlashdi. Endilikda fransiyalik futbolchi portugaliyalik afsonaning natijasidan atigi uch gol ortda qolmoqda. Eslatib o‘tamiz, Ronaldu 2013 yilda «Real» safida 59 ta gol urgan edi.

2025 yil yakuniga qadar «Real»ni yana ikki uchrashuv kutib turibdi: Madrid klubi Ispaniya Kubogida «Talavera»ga qarshi bahs olib boradi, chempionat doirasida esa «Sevilya» bilan to‘qnash keladi.

Kilian Mbappe 2024 yildan buyon «Real» sharafini himoya qilib kelmoqda. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilgacha mo‘ljallangan. Joriy mavsumda u barcha turnirlar doirasida 25 ta uchrashuvda maydonga tushib, 27 ta gol va 4 ta golli uzatma muallifiga aylangan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting