Mbappe 'Barselona'ga qarshi o'ynaydimi? Qaror — o'yin oldidan
Madridning 'Real' klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Kilian Mbappening Ispaniya Kubogi finalida 'Barselona'ga qarshi ishtirok etish-etmasligi haqidagi qarorni o'yin boshlanishiga bir necha soat qolganda qabul qiladi. Bu haqda britaniyalik COPE nashri xabar berdi.
Manbaga ko'ra, italyan mutaxassisi fransuz hujumchisining asosiy tarkibda maydonga tushishi borasidagi yakuniy qarorni to'g'ridan-to'g'ri o'yin oldidan qabul qiladi. Agar Mbappe asosiy tarkibda boshlasa, ehtimol, braziliyalik Rodrigo zaxirada qoladi. Eslatib o'tamiz, Mbappe Chempionlar Ligasida 'Arsenal'ga qarshi o'yinda jarohat olgan va shu sabab La Liganing so'nggi ikki uchrashuvini o'tkazib yuborgan.
Joriy mavsumda u barcha musobaqalarda klub safida 50 o'yinda ishtirok etgan, 33 ta gol urgan va 5 ta golli uzatma amalga oshirgan. Mbappening 'Real' bilan shartnomasi 2029 yil yozigacha amal qiladi, uning transfer bahosi Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra 170 million yevroni tashkil qiladi.