locale OZ

Mbappe Anchelottining ketishiga munosabat bildirdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Mbappe Anchelottining ketishiga munosabat bildirdi
FOTO: Getty Images

Madridning “Real” klubi hujumchisi Kilian Mbappe Karlo Anchelotti mavsum oxirida jamoani tark etishiga munosabat bildirdi.

“Janob, bugun klubdagi so'nggi kuningiz. Birinchi kundan beri men uchun qilgan barcha ishlaringiz uchun sizga va xodimlaringizga rahmat. Sizdek murabbiy bilan ishlash men uchun sharaf edi. Sizga eng yaxshi tilaklarimni tilab qolaman”, - deydi Mbappe.

Ma'lumot uchun, Anchelotti 2021-yildan buyon ispan grandini boshqarib kelmoqda. Mbappe esa o'tgan yozda “Real” tarkibiga kelib qo'shildi. U italiyalik mutaxassis qo'l ostida UEFA Superkubogi va Qit'alararo kubokni qo'lga kiritdi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting