Mbappe 2025 yildagi 60-golini urdi
Bu koʻrsatkich boʻyicha u toʻrtinchi oʻrinni egallab turibdi.
FOTO: Getty Images
Madridning «Real» klubi hujumchisi Kilian Mbappe 2025 yildagi 60-golini La Liga 14-turidan o‘rin olgan «Jirona»ga qarshi o‘yinda (1:1) urdi.
Fransiyalik forvard shu tariqa XXI asrda bir kalendar yilida kamida 60 ta gol kiritgan futbolchilar ro‘yxatida to‘rtinchi o‘yinchiga aylandi.
Joriy asrda bundan ko‘proq gol urishga faqat uch nafar futbolchi erishgan: Krishtianu Ronaldu — 2012 yilda 63 ta, 2013 yilda 69 ta, 2014 yilda 61 ta gol; Robert Levandovski — 2021 yilda 69 ta gol; Lionel Messi esa 2012 yilda rekord darajadagi 91 ta gol bilan tarixda qolgan.
Bugungi kunga kelib, «Real Madrid» Ispaniya chempionatida ikkinchi o‘rinda bormoqda va yetakchi «Barselona»dan atigi bir ochkoga ortda qolmoqda.
Nasrullo Karimov
Jurnalist