locale OZ

Mastantuononing «Real»dagi kelajagi maʼlum boʻldi

Avvalroq argentinalik futbolchi ijara asosida jamoani tark etishi mumkinligi aytilgandi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Mastantuononing «Real»dagi kelajagi maʼlum boʻldi
Mastantuononing «Real»dagi kelajagi maʼlum boʻldi

Madridning «Real» klubi yarimhimoyachisi Franko Mastantuono joriy mavsumning ikkinchi yarmida ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish maqsadida qishki transfer oynasida ijara asosida jamoani tark etmaydi. Bu haqda jurnalist va insayder Fabritsio Romano ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida ma’lum qildi.

Manba ma’lumotlariga ko‘ra, «Qirollik klubi» bosh murabbiyi Xabi Alonso va «qaymoqranglilar» rahbariyati Frankoni ushbu loyihadagi muhim futbolchi sifatida ko‘rmoqda.

Avvalroq OAVda Mastantuono ijara asosida «Real»dan ketishi mumkinligi, bu orqali Argentina terma jamoasi safida Jahon chempionatiga borish imkoniyatini oshirishni ko‘zlayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Shuningdek, «Napoli» klubi futbolchi uchun 50 mln yevro to‘lashga tayyor ekani ham qayd etilgandi.

Mastantuono 2025 yil avgustidan buyon «Real» safida to‘p surmoqda. Madridliklar yosh argentinalik futbolchi transferi uchun «River Pleyt» klubiga 45 mln yevro to‘lagan. Hozirga qadar u barcha turnirlarda «Real» safida 14 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol va 1 ta golli uzatma muallifiga aylangan. Transfermarkt portalidagi ma’lumotlarga ko‘ra, Mastantuononing bozor qiymati 50 mln yevroni tashkil etadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting