locale OZ

Mastantuono: «Men uchun eng buyuk futbolchi har doim Messi boʻlgan»

«Real» hujumchisi «Inter Mayami» yulduzi haqida fikr bildirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Mastantuono: «Men uchun eng buyuk futbolchi har doim Messi boʻlgan»
FOTO: Getty Images

Madridning «Real» klubi 18 yoshli argentinalik yarim himoyachisi Franko Mastantuono «Inter Mayami» va Argentina milliy jamoasi hujumchisi Lionel Messi haqida o‘z fikrini bildirdi.

«Men “Real” muxlisiman, dunyodagi eng buyuk klub — “Real”. Lekin men uchun eng yaxshi futbolchi har doim Messi bo‘lgan va shunday bo‘lib qoladi. Terma jamoada u bilan birga o‘ynash baxti nasib etdi — bu aqlbovar qilmas tajriba. U — hayratlanarli futbolchi. Har safar u to‘pga tegganda, so‘z topolmay qolasiz. Hatto uzoq yillardan beri u bilan o‘ynab kelayotganlar ham hanuz hayratda. Leodan o‘rganishga harakat qilaman va uning yordami uchun juda minnatdorman», — deya Mastantuononing so‘zlarini keltiradi Football Espana.

Lionel Messi 2003–2021 yillar oralig‘ida «Barselona» safida to‘p surgan. Bu davr mobaynida u 778 ta o‘yinda maydonga tushib, 672 ta gol urgan va 303 ta golli uzatma bergan. Forvard 10 marta Ispaniya chempioni bo‘lgan, 7 marta Ispaniya Kubogini qo‘lga kiritgan va 4 bor Chempionlar Ligasida g‘olib chiqqan.

Joriy mavsumda Messi MLS doirasidagi 31 ta uchrashuvda 34 ta gol urdi va 17 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Shuningdek, u turnirning eng yaxshi to‘purariga aylandi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting