Mastantuono mashgʻulotlarni vaqtincha toʻxtatdi — manba
«Real» 18 yoshli yarimhimoyachining ahvolidan xavotirda.
FOTO: Getty Images
Madridning «Real» klubi 18 yoshli argentinalik yarimhimoyachi Franko Mastantouononing holati borasida xavotirga tushmoqda. Marca nashrining yozishicha, futbolchi jarohatdan tiklanish jarayonida mashg‘ulotlarni vaqtincha to‘xtatgan.
Manbaga ko‘ra, uning tezkor qaytishi hozircha imkonsiz — o‘z vaqtida dam olish, tiklanish va to‘g‘ri reabilitatsiya zarur.
Avvalroq klub tibbiyot xizmati Mastantouonoda pubalgiya aniqlagandi.
Maʼlumot uchun, Franko Mastantouono «Real»ga 2025 yilning avgust oyida «River Pleyt»dan 45 million yevro evaziga kelgan. U Madrid klubi safida 12 ta o‘yinda maydonga tushib, bir gol va bir golli uzatma muallifiga aylangan.
Nasrullo Karimov
Jurnalist