Mastantuono jarohati sabab nomaʼlum muddatga safdan chiqdi
18 yoshli yarimhimoyachi joriy yilning avgust oyida «Real» safiga oʻtgandi.
FOTO: Getty Images
Madridning «Real» klubi yarimhimoyachisi Franko Mastantuono jarohat olib, nomaʼlum muddatga safdan chiqdi. Bu haqda «qaymoqranglilar» matbuot xizmati rasman eʼlon qildi.
«Bugun oʻtkazilgan tibbiy tekshiruv natijasiga koʻra, futbolchimiz Franko Mastantuonoda pubaalgiya (qov jarohati) aniqlangan. Uning sogʻligʻi klub shifokorlari nazoratida boʻladi», — deyiladi klub bayonotida.
Eslatib oʻtamiz, Mastantuono joriy yilning avgust oyida «River Pleyt»dan «Real»ga oʻtgandi. Bu davr ichida u barcha turnirlarda 12 ta oʻyinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist