«Mash'al» uch futbolchisi bilan xayrlashganini e'lon qildi
Photo: Mashal PFk
“Mash'al” klubi o‘z futbolchilari Vladimir Vagin, Azizbek Odilov va Ibrohim Nomonov bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Jamoada bir yarim yil davomida ishonchli tarzda posbonlik qilgan Vladimir Vagin klubni tark etdi. Shuningdek, birinchi davrani muborakliklar safida o‘tkazgan yarim himoyachi Nomonov va Aziz Odilov ham jamoa bilan xayrlashdi.
Ikki tomonlama kelishuv asosida, ushbu futbolchilar va klub o‘rtasidagi shartnoma bekor qilindi.
Bahrom Bobonov
Redaktor