locale OZ

«Mash’al» Straxinya Boshnak bilan shartnoma imzoladi

Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
“Mash’al” Straxinya Boshnak bilan shartnoma imzoladi
Фото: Машъал ПФК

Muborakning “Mash’al” futbol klubi yozgi transferlar davrida tarkibini yana bir tajribali himoyachi bilan kuchaytirdi. Jamoa serbiyalik markaziy himoyachi Straxinya Boshnak bilan 2026 yil mavsumi yakuniga qadar amal qiladigan shartnoma imzoladi.

27 yoshli futbolchi 1999 yil 18 fevralda Serbiyaning Kraljevo shahrida tug‘ilgan. U 1,84 metr bo‘yga ega bo‘lib, chap oyog‘da o‘ynaydi. Asosiy pozitsiyasi — markaziy himoyachi. Straxinya Serbiya va Bosniya va Gersegovina fuqaroligiga ega.

Boshnak futbolchilik faoliyatini OFK “Belgrad” akademiyasida boshlagan, keyinchalik Serbiyaning mashhur “Partizan” akademiyasida tahsil olgan. Katta futbolda esa “Partizan”, “Vojdovac”, “Jarkovo”, “Radnichki” (Sremska Mitrovitsa), Italiya “Gravina” hamda so‘nggi marta Serbiyaning “Dubochitsa” (Leskovats) klublari safida to‘p surgan.

Himoyachi Serbiyaning turli yosh toifasidagi terma jamoalarida ham muntazam o‘ynagan. U U-16, U-17, U-18 va U-19 jamoalarida jami 40 dan ortiq uchrashuvda ishtirok etgan, U-21 terma jamoasi safida esa bitta rasmiy o‘yinda maydonga tushgan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting