«Mash'al» rossiyalik darvozabon Vladislav Rusanov bilan shartnoma imzoladi
Uning bo'yi 2,00 metr bo'lib, darvozabon pozitsiyasida harakat qiladi.
Фото: Машъал ПФК
Muborakning “Mash'al” futbol klubi yangi mavsum oldidan tarkibini kuchaytirishda davom etmoqda. Klub rossiyalik darvozabon Vladislav Rusanov bilan mehnat shartnomasi imzoladi.
24 yoshli posbon 2001 yil 1 avgust kuni Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida tug‘ilgan. Uning bo‘yi 2,00 metr bo‘lib, darvozabon pozitsiyasida harakat qiladi.
Futbolchilik faoliyati davomida Belarusning “Energetik-BGU” hamda Rossiyaning “Leon Saturn” jamoalari sharafini himoya qilgan. So‘nggi ikki yarim mavsumda “Leon Saturn” safida 50 dan ortiq rasmiy uchrashuvda maydonga tushib, o‘zini ishonchli darvozabon sifatida namoyon etgan.