«Mash'al» ikki futbolchi bilan xayrlashdi
Tomonlar o‘zaro kelishuv asosida shartnomani bekor qilishgan
Фото: Машъал ПФК
“Mash'al” futbol klubi tarkibida ko‘p yillar davomida samarali faoliyat olib borgan futbolchilar Shahboz Jo‘rayev hamda Samandar Ochilov bilan tuzilgan mehnat shartnomalari o‘zaro kelishuv asosida bekor qilindi.
Har ikki futbolchi klub safida o‘zining mehnatsevarligi, fidoyiligi va jamoaga sadoqati bilan muxlislar mehrini qozondi. Ular “Mash'al” sha'nini munosib himoya qilib, jamoaning yutuqlari yo‘lida munosib hissa qo‘shishdi.
“Mash'al” futbol klubi rahbariyati, murabbiylar shtabi, futbolchilar hamda ko‘p sonli muxlislar nomidan Shahboz Jo‘rayev va Samandar Ochilovga klubimiz rivojiga qo‘shgan munosib hissasi, halol mehnati va fidokorona xizmatlari uchun samimiy minnatdorchilik bildiramiz”, - deyiladi klub xabarida.