locale OZ

«Mash’al» 4 nafar futbolchi biln xayrlashdi

Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Mash’al» 4 nafar futbolchi biln xayrlashdi
Фото: Машъал ПФК

Muborakning “Mash’al” futbol klubi tarkibida faoliyat olib borgan bir qator futbolchilar jamoa bilan xayrlashdi.

Jumladan, jamoamiz sharafini munosib himoya qilib kelgan Rafael Viashima Ayagva, Roman Xodjiev, Maqsudxo‘ja A’loxo‘jaev hamda Asadbek Xabibullaevlar endi faoliyatini boshqa jamoalarda davom ettiradi.

Ushbu futbolchilar “Mash’al” safidagi faoliyati davomida klub maqsadlari yo‘lida sidqidildan mehnat qilib, jamoamiz natijalariga o‘z hissalarini qo‘shdilar.

“Mash’al” futbol klubi futbolchilarimizga klub rivoji va jamoa sharafini munosib himoya qilish yo‘lidagi xizmatlari uchun samimiy minnatdorchilik bildiradi hamda ularning keyingi faoliyatida ulkan omad, yangi zafarlar va muvaffaqiyatlar tilaydi”, - deyiladi xabarda.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting