locale OZ

Martin: «Biz bu oʻyinga har doimgidek yondashamiz, endi ochko yoʻqotishga haqqimiz yoʻq»

«Barselona» himoyachisi «Ayntraxt»ga qarshi bahs haqida oʻz fikrlarini bildirib oʻtdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Martin: «Biz bu oʻyinga har doimgidek yondashamiz, endi ochko yoʻqotishga haqqimiz yoʻq»
FOTO: Getty Images

«Barselona» himoyachisi Jerard Martin Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 6-turidan oʻrin olgan «Ayntraxt»ga qarshi o‘yin borasida o‘z fikrlarini bildirdi.

«Biz yaxshi formada­miz va rivojlanishda davom etishni istaymiz. Ertaga bizni juda muhim o‘yin kutmoqda — Chempionlar ligasida endi ochko yo‘qotish imkonimiz yo‘q. Biz bu o‘yinga ham har qanday uchrashuv kabi yondashamiz: turnir jadvalida yuqoriga ko‘tarilish uchun g‘alaba qozonishimiz shart», — dedi Martin.

Eslatib o‘tamiz, umumiy bosqichda beshta o‘yin ortda qolgach, «Barselona» 7 ochko to‘plagan holda turnir jadvalining o‘rta qismida joylashgan. «Ayntraxt» esa 4 ochko bilan 28-o‘rinda bormoqda.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting