locale OZ

Marselo: «Men Mbappe bilan birga oʻynashni istagan edim, lekin u biroz kech keldi»

«Real» sobiq himoyachisi Kilian haqida fikr bildirdi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Marselo: «Men Mbappe bilan birga oʻynashni istagan edim, lekin u biroz kech keldi»
FOTO: Getty Images

Madridning «Real» klubi sobiq braziliyalik himoyachisi va sobiq sardori Marselo klub hujumchisi Kilian Mbappe haqida iliq fikr bildirdi.

«U fantastik, hayratlanarli darajada kuchli, haqiqiy jismoniy mo‘jiza. Mbappe nihoyatda iqtidorli, mehnatkash, kurashuvchan va gol ura oladigan futbolchi… Men uni juda yaxshi ko‘raman. Men u bilan birga o‘ynashni istagan edim, lekin u biroz kechroq keldi», — deya Marseloning so‘zlarini keltiradi AS.

Eslatib oʻtamiz, Mbappe 2024 yilda «Real Madrid» safiga qo‘shilgan. Uning klub bilan tuzgan shartnomasi 2029 yilgacha mo‘ljallangan. Joriy mavsumda fransiyalik yulduz barcha musobaqalar doirasida 23 ta o‘yinda maydonga tushib, 26 ta gol urdi va 4 ta golli uzatma berdi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting