locale OZ

Markus Reshfordning kelajagi mavsum oxirida hal bo'ladi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Markus Reshfordning kelajagi mavsum oxirida hal bo'ladi
FOTO: Getty Images

Ijara asosida “Aston Villa”da o'ynayotgan “Manchester Yunayted” hujumchisi Markus Reshfordning kelajagi mavsum oxirigacha aniq bo'lmaydi. Bu haqda The Independent nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, Birmingem klubi ijara muddati tugaganidan so'ng futbolchini to'liq transfer qilishdan manfaatdor. Biroq Reshford va uning vakillari bu mavzuni yozgacha muhokama qilishni rejalashtirmayapti.

Qayd etilishicha, Reshford “Aston Villa”dagi mavqeyi va jamoa bosh murabbiyi Unai Emeri bilan munosabatlaridan mamnun.

Eslatib o'tamiz, Markus Reshford o'tgan qishki transferlar vaqtida “Aston Villa”ga o'tgandi. U joriy mavsum birmingemliklar safida 17 ta o'yin o'tkazib, 4 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting