locale OZ

Markus Reshford kelajagi borasida bir qarorga keldi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Markus Reshford kelajagi borasida bir qarorga keldi
FOTO: Getty Images

Ijara asosida “Aston Villa”da to'p surayotgan “Manchester Yunayted” hujumchisi Markus Reshford kelajagi borasida bir qarorga keldi. Bu haqda Give Me Sport nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, angliyalik forvard “Barselona”ga o'tmoqchi. U faoliyatini Chempionlar Ligasida muntazam ishtirok etadigan klubda davom ettirmoqchi.

Qayd etilishicha, Reshford “Manchester Yunayted”ga qaytishni istamayapti.

Ma'lumot uchun, Markus Reshford joriy mavsum barcha turnirlarda 41 ta o'yinda maydonga tushib, 11 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 50 million yevroga baholanmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting