Markus Reshford faoliyatini “Nyukasl”da davom ettirishi mumkin
FOTO: Getty Images
“Manchester Yunayted”ning 27 yoshli hujumchisi Markus Reshford faoliyatini “Nyukasl”da davom ettirishi mumkin. Bu haqda The Sun nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, “hakkalar” angliyalik futbolchini ijaraga olmoqchi, “qizil iblislar” esa to'liq transferni amalga oshirmoqchi.
Hujumchining o'zi esa “Barselona”ga o'tishni istamoqda, biroq kataloniyaliklar futbolchiga qiziqish bildirmayapti.
Ma'lumot uchun, Reshford o'tgan mavsumning ikkinchi yarmini ijara asosida “Aston Villa”da o'tkazdi. Bu davr ichida u barcha turnirlarda 17 ta o'yin o'tkazib, 4 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist