Markus Reshford faoliyatini “Barselona”da davom ettirishi mumkin
“Manchester Yunayted” hujumchisi Markus Reshford faoliyatini “Barselona”da davom ettirishi mumkin. Hozirda tomonlar transfer borasida muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda Sport.es nashri xabar berdi.
Manbaga ko'ra, Reshford vakillari kataloniyaliklarga futbolchini sotib olish majburiyati bilan bir yilga ijaraga berishni taklif qilmoqda. Biroq MYU bu variantni qo'llab-quvvatlamayapti. Chunki klub Markusning to'liq transferini amalga oshirmoqchi.
Ta'kidlanishicha, mankunianliklar Reshford uchun taxminan 40 million yevro so'ramoqda. Angliyalik futbolchining o'zi esa “Barselona”ga o'tish uchun maoshini kamaytirishga ham rozi bo'lmoqda.
Eslatib o'tamiz, Reshford o'tgan qishki transferlar vaqtida ijara asosida “Aston Villa”ga o'tgandi. U joriy mavsum barcha turnirlarda 41 ta o'yinda maydonga tushib, 11 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 50 million yevroga baholanmoqda.