locale OZ

Markus Bettinelli — \"Manchester City\" futbolchisi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Markus Bettinelli — "Manchester City" futbolchisi
Photo: Manchester City

“Manchester City” klubi “Chelsea”dan Markus Bettinellini o‘z safiga qo‘shib oldi.

Qayd etilishicha, inglizlik 33 yoshli darvozabon “shaharliklar” bilan 1 yillik shartnoma imzoladi. U yangi jamoasiga klublar o‘rtasidagi jahon chempionati oldidan qo‘shiladi.

Aslida Bettinelli “Fulham” tarbiyalanuvchisi sanaladi. U “Chelsea”ga 2021 yili o‘tgan va shundan beri faqat 1 ta bahsda maydonga tushgandi.

Avvalroq “Manchester City” o‘zining uchinchi darvozaboni Scott Carson bilan xayrlashgandi. Carson klub bilan 11ta sovrin yutgan va rasmiy o‘yinlarda ikki marotaba maydonga tushgandi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting