locale OZ

“Manchester Yunayted” to'rt futbolchining sotuvidan 150 million funt ishlab olmoqchi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Manchester Yunayted” to'rt futbolchining sotuvidan 150 million funt ishlab olmoqchi
FOTO: Getty Images

“Manchester Yunayted” yozgi transferlar vaqtida Markus Reshford, Antoni, Jeydon Sancho va Alexandro Garnacholarni sotishdan taxminan 150 million funt ishlab olishni maqsad qilmoqda. Bu haqda The Telegraph nashri xabar berdi.

Manbaga ko'ra, “qizil iblislar” Reshford, Antoni va Sanchoning transferidan 90 million funt ishlab olish mumkinligiga ishonmoqda.

Shuningdek, mankunianliklar 60 million funt atrofida taklif tushsa, Garnachoni ham qo'yib yuborishga tayyor.

Eslatib o'tamiz, Reshford, Antoni va Sancho hozirda ijara asosida boshqa klublar safida to'p surmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting