“Manchester Yunayted” serbiyalik darvozabonni nishonga oldi
FOTO: Getty Images
“Manchester Yunayted” Serbiya terma jamoasi darvozaboni Vanya Milinkovich-Savichga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda insayder Fabritsio Romano xabar berdi.
Manbaga ko'ra, mankunianliklar yozgi transferlar vaqtida bir nechta xaridlarni amalga oshirmoqchi. Short-listdan Vanya ham o'rin olgan.
Qayd etilishicha, tomonlar o'rtasida allaqachon dastlabki aloqalar amalga oshirilgan.
Eslatib o'tamiz, Milinkovich-Savich 2014-yildan 2016-yilgacha aynan MYU safida to'p surgan. U joriy mavsum barcha turnirlarda 36 ta o'yinda maydonga tushib, 11 tasida o'z darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan.
Nasrullo Karimov
Jurnalist