locale OZ

“Manchester Yunayted” o'z e'tiborini “Vulverxempton” himoyachisiga qaratdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Manchester Yunayted” o'z e'tiborini “Vulverxempton” himoyachisiga qaratdi
FOTO: Getty Images

“Manchester Yunayted” “Vulverxempton”ning o'ng qanot himoyachisi Nelson Semedoga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Football Transfers xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, 31 yoshli futbolchi yozgi transferlar vaqtida “qizil iblislar” safiga qo'shilishi mumkin. Chunki uning “bo'rilar” bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 30-iyun kuni yakuniga yetadi.

Ta'kidlanishicha, Semedo klub bilan shartnomasini 4 yilga uzaytirish taklifiga qaramay, “Vulverxempton”ni tark etmoqchi.

Ma'lumot uchun, Semedo joriy mavsum barcha turnirlarda 38 ta o'yinda maydonga tushib, 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 10 million yevroga baholanmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting