locale OZ

“Manchester Yunayted” Mbemo uchun 60 million funt taklif qildi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Manchester Yunayted” Mbemo uchun 60 million funt taklif qildi
FOTO: Getty Images

“Brentford” “Manchester Yunayted”ning 25 yoshli hujumchi Brayan Mbemo uchun yuborgan 55 million funt sterlinglik birinchi taklifini rad etdi. Bu haqda ESPN nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, “qizil iblislar” kamerunlik futbolchi uchun yangi taklif jo'natgan va transfer uchun 60 million funtdan ko'proq to'lashga tayyor. Qayd etilishicha, mankunianliklar transferni tezroq yakunlamoqchi.

Ma'lumot uchun, Mbemo o'tgan mavsum barcha turnirlarda 42 ta o'yinda maydonga tushib, 20 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 55 million yevroga baholanmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting