“Manchester Yunayted” Markus Reshfordga narx belgiladi
“Manchester Yunayted” Markus Reshfordni yozgi transferlar vaqtida 40 million funt sterlinglik taklif tushsa, qo'yib yuborishga tayyor. Bu haqda The Telegraph nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, 27 yoshli futbolchi faoliyatini “qizil iblislar” safida davom ettirishi so'roq ostida.
Qayd etilishicha, Reshford 2026-yilgi Jahon chempionatida Angliya terma jamoasi safida ishtirok etmoqchi va Chempionlar Ligasida muntazam o'ynaydigan klublardan biri bilan shartnoma tuzmoqchi.
Eslatib o'tamiz, Reshford o'tgan qishki transferlar vaqtida ijara asosida “Aston Villa”ga o'tgandi. U joriy mavsum barcha turnirlarda 41 ta o'yinda maydonga tushib, 11 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Markusning mankunianliklar bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2028-yilning yoziga qadar amal qiladi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 50 million yevroga baholanmoqda.