locale OZ

“Manchester Yunayted” Koul Palmerga qiziqish bildirmoqda

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Manchester Yunayted” Koul Palmerga qiziqish bildirmoqda
FOTO: Getty Images

“Manchester Yunayted” “Chelsi” klubi hujumchisi Koul Palmerga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda The Independent nashriga tayanib TEAMtalk xabar berdi.

Manbaga ko'ra, agar angliyalik futbolchi transferga tayyor bo'lsa, “qizil iblislar” uni o'z safiga qo'shib olmoqchi.

Qayd etilishicha, MYU ushbu transfer amalga oshishi qiyinligini tushunib turibdi, chunki “Chelsi” Palmerni qo'yib yuborishni xohlamaydi.

Ma'lumot uchun, Palmer joriy mavsum barcha turnirlarda 39 ta o'yinda maydonga tushib, 14 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 130 million yevroga baholanmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting