“Manchester Yunayted” “Chelsi” hujumchisini nishonga oldi
FOTO: Getty Images
“Manchester Yunayted” “Chelsi”nining 23 yoshli hujumchisi Nikolas Jeksonga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Football Transfers nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, “qizil iblislar” Viktor Osimhen va Viktor Gyokeresh transferida muvaffaqiyatsizlikka uchrasa, senegallik futbolchiga e'tibor qaratmoqchi.
Ta'kidlanishicha, MYU allaqachon Jekson bo'yicha taklif bilan chiqqan, ammo London klubi hujumchini qo'yib yuborishni istamayapti.
Ma'lumot uchun, Jekson o'tgan mavsum barcha turnirlarda 34 ta o'yinda maydonga tushib, 13 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 50 million yevroga baholanmoqda.
Nasrullo Karimov
Jurnalist