“Manchester Yunayted” Bruno Fernandeshga o'rinbosar topdi
FOTO: Getty Images
“Manchester Yunayted” “Sporting”ning 26 yoshli yarim himoyachisi Pedro Gonsalvesga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda A Bola nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, mankunianliklar Gonsalvesni Bruno Fernandeshga o'rinbosar sifatida ko'rmoqda. Avvalroq OAV'da “Al-Hilol” 30 yoshli portugaliyalik futbolchiga qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.
Qayd etilishicha, Lissabon klubi Gonsalvesni 80 million yevroga sotishga tayyor. Bu futbolchining shartnomasidagi tovon puli sifatida ko'rsatilgan.
Ma'lumot uchun, Gonsalves o'tgan mavsum barcha turnirlarda 20 ta o'yin o'tkazib, 6 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 30 million yevroga baholanmoqda.
Nasrullo Karimov
Jurnalist