locale OZ

“Manchester Yunayted” Brayan Mbemoga qiziqish bildirmoqda

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Manchester Yunayted” Brayan Mbemoga qiziqish bildirmoqda
FOTO: Getty Images

“Manchester Yunayted” “Brentford” yarim himoyachisi Brayan Mbemoga qiziqish bildirmoqda. Top Mercato nashrining xabariga ko'ra, mankunianliklar londonliklar bilan futbolchining ehtimoliy transferi bo'yicha muzokaralarni boshlagan.

25 yoshli Mbemo o'tgan mavsum Premyer-ligada 38 ta o'yinda maydonga tushib, 20 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Manbaga ko'ra, “Brentford” futbolchini 59 million yevroga baholagan.

Mbemoning “Brentford” bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2026-yilning iyun oyiga qadar mo'ljallangan. Shuningdek, bitimni yana bir yilga uzaytirish imkoni mavjud. Mbemo 2019-yildan buyon ingliz klubida to'p surmoqda

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting