locale OZ

«Manchester Yunayted» besh oʻyindan beri magʻlubiyatga uchramayapti

Ruben Amorim shogirdlari 11-turda «Tottenhem» bilan durang oʻynadi.
Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Manchester Yunayted» besh oʻyindan beri magʻlubiyatga uchramayapti
FOTO: Getty Images
Angliya Premer-ligasi
08.11.2025, Yak.
Tottenhem
2
Manchester Yunayted
2

Angliya Premyer-ligasining 11-turidan oʻrin olgan bahsda «Manchester Yunayted» safarda «Tottenhem» mehmoni boʻlib, 2:2 hisobida durangga imzo chekdi.

Shu tariqa, Ruben Amorim APL doirasida ketma-ket beshinchi uchrashuvda magʻlub boʻlmadi. Soʻnggi bor bunday natijalar seriyasi klubda 2024 yil fevralida kuzatilgan edi.

«Qizil iblislar»ning bunday muvaffaqiyatli seriyasi 7-turda «Sanderlend» ustidan 2:0 hisobidagi gʻalabadan boshlandi. Keyin jamoa «Liverpul» (2:1) va «Brayton» (4:2) ustidan ham ishonchli gʻalabalar qayd etdi.

Soʻnggi turda esa «MYU» «Nottingem Forest» va «Tottenhem» bilan durang oʻynadi — 2:2.

Maʼlumot uchun, mankunianliklar APL doirasida oʻzining navbatdagi oʻyinini 24 noyabr kuni «Everton»ga qarshi oʻtkazadi. Hozirda «qizil iblislar» 18 ochko bilan turnir jadvalida 7-oʻrinni egallab turibdi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting