locale OZ

“Manchester Siti”ning o'tgan mavsumdagi eng yaxshi futbolchisi aniqlandi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Manchester Siti”ning o'tgan mavsumdagi eng yaxshi futbolchisi aniqlandi
FOTO: Getty Images

“Manchester Siti”ning xorvatiyalik himoyachisi Yoshko Gvardiol jamoaning o'tgan mavsumdagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.

Gvardiol o'tgan mavsum barcha turnirlarda 53 ta o'yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning “shaharliklar” bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2028-yilga qadar amal qiladi.

Ma'lumot uchun, “Manchester Siti” o'tgan mavsum APL'da 71 ochko jamg'arib, uchinchi o'rinni egalladi va kelasi mavsum Chempionlar Ligasida ishtirok etish imkoniyatini qo'lga kiritdi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting