locale OZ

“Manchester Siti” yetakchilaridan biri jamoasini o'zgartirishi mumkin

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Manchester Siti” yetakchilaridan biri jamoasini o'zgartirishi mumkin
FOTO: Getty Images

“Manchester Siti”ning 30 yoshli yarim himoyachisi Bernardo Silva yozgi transferlar vaqtida jamoasini o'zgartirishi mumkin. Bu haqda A Bola nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, “Galatasaroy” va “Benfika” portugaliyalik futbolchiga qiziqish bildirmoqda va uni sotib olish imkoniyatlarini ko'rib chiqmoqda.

Ta'kidlanishicha, turk klubining Silvani qo'lga kiritish imkoniyati ko'proq, chunki ular yarim himoyachini yuqori maosh bilan ta'minlashga qodir.

Ma'lumot uchun, Silva 2017-yilning yozidan buyon “Manchester Siti”da to'p surmoqda. U o'tgan mavsum barcha turnirlarda 49 ta o'yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 38 million yevroga baholanmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting