“Manchester Siti” va “Chelsi” Shomurodovning jamoadoshi uchun kurashmoqda
FOTO: Getty Images
Rimning “Roma” klubi darvozaboni Mile Svilar yozgi transferlar vaqtida jamoasini o'zgartirishi mumkin. Bu haqda jurnalist Ekrem Ko'nur xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, 25 yoshli serviyalik futbolchiga “Chelsi” va “Manchester Siti” qiziqish bildirmoqda.
Ta'kidlanishicha, Svilar hali kelajagi borasida qaror qabul qilmagan.
Ma'lumot uchun, Svilar joriy mavsum barcha turnirlarda 44 ta o'yinda maydonga tushib, 47 ta gol o'tkazib yubordi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 17 million yevroga baholanmoqda.
Nasrullo Karimov
Jurnalist