locale OZ

“Manchester Siti” tarkibi sezilarli darajada qisqaradi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Manchester Siti” tarkibi sezilarli darajada qisqaradi
FOTO: Getty Images

“Manchester Siti” bosh murabbiyi Pep Gvardiola yangi mavsum boshlanishidan oldin tarkibni qisqartirishni rejalashtirayotganini aytdi.

“Hozirgi o'yinchilarni butun mavsum davomida saqlab qolishdan xursand bo'lardim. Futbolchilardan, ularning o'zini qanday tutishidan shikoyatim yo'q. Zaxirada 6 yoki 7 nafar futbolchi qolishi shart emas.

Muammo shundaki, ular mavsum davomida maydonga tushmasliklari sabab hafsalasi pir bo'ladi. Men buni xohlamayman.

Bizda hozir juda katta tarkib, juda ko'p o'yinchilar bor. Shuning uchun bu mavsumda biz 26 yoki 27 o'yinchiga ishona olmaymiz, ba'zilari ketishadi”, - deydi Gvardiola.

Eslatib o'tamiz, avvalroq Gvardiola mavsum davomida katta tarkib bilan ishlashga majbur bo'lsa, jamoani tark etishini aytgandi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting