locale OZ

«Manchester Siti» sport direktori: «Husanovning eng yaxshi yillari hali oldinda»

Ugu Viana Abduqodir haqida fikr bildirdi.
«Manchester Siti» sport direktori: «Husanovning eng yaxshi yillari hali oldinda»
Фото: Manchester City

“Manchester Siti” sport direktori Ugu Viana O‘zbekiston milliy jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov bilan shartnoma 2031 yilgacha uzaytirilgani munosabati bilan o‘z fikrlarini bildirdi.

“Abduqodir Angliyaga kelganidan beri namoyon qilayotgan taraqqiyotidan juda mamnunmiz va katta taassurotdamiz. Biz uning nafaqat ajoyib yosh inson, balki yuqori saviyali himoyachiga aylanib borayotganini ko‘ryapmiz. Biroq bu hali boshlanishi, xolos.

U jismoniy va texnik jihatdan juda kuchli. Jahon darajasidagi markaziy himoyachiga aylanish uchun zarur bo‘lgan barcha sifatlarga ega.

Abduqodir hali atigi 22 yoshda. Uning eng yaxshi yillari hali oldinda, salohiyati esa to‘liq ochilganicha yo‘q. Shu sababli uning “Manchester Siti” bilan yangi shartnoma imzolaganidan juda xursandmiz. Enso Marescaning kelgusi yillardagi rejalarida u muhim o‘rin tutishiga ishonamiz”, — dedi Viana klubning rasmiy saytiga bergan intervyusida.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting