“Manchester Siti” Reynders uchun “Milan”ga qancha to'lamoqchiligi ma'lum bo'ldi
FOTO: Getty Images
Angliyaning “Manchester Siti” klubi “Milan” yarim himoyachisi Tijani Reynders uchun ilk rasmiy taklif bilan chiqishni rejalashtirmoqda.
Jurnalist Nikolo Skiraning xabariga ko'ra, “shaharliklar” Reynders uchun “rossenerilar”ga 60-65 million yevro taklif qilmoqchi.
Manbaga ko'ra, “Siti” futbolchiga har bir mavsum uchun 8 million yevro maosh bilan 2030-yilgacha shartnoma taklif qilishga tayyor. Biroq, “Milan” rahbariyati Reynders uchun kamida 80 million yevro olishni rejalashtirmoqda.
Ma'lumot uchun, gollandiyalik yarim himoyachi yakunlangan mavsum barcha turnirlarda 54 ta o'yinda maydonga tushib, 15 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Nasrullo Karimov
Jurnalist