locale OZ

“Manchester Siti” PSJ futbolchini 100 million yevroga sotib olishi mumkin

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Manchester Siti” PSJ futbolchini 100 million yevroga sotib olishi mumkin
FOTO: Getty Images

Angliyaning “Manchester Siti” klubi PSJ'ning 19 yoshli vingeri Dezire Duega qiziqish bildirmoqda. Bu haqda TEAMtalk nashri xabar berdi.

Manbaga ko'ra, parijliklar fransiyalik futbolchini sotmoqchi emas, shu bois klub faqat 100 million yevrolik takliflarni ko'rib chiqadi.

Ta'kidlanishicha, “shaharliklar” skautlari so'nggi bir necha oy ichida Duening o'yinini diqqat bilan kuzatib borishgan.

Ma'lumot uchun, Due joriy mavsum barcha turnirlarda 46 ta o'yinda maydonga tushib, 13 ta gol urdi va 12 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 60 million yevroga baholanmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting