locale OZ

«Manchester Siti» o‘z maydonida «Sanderlend»ni mag'lub qildi

Bellashuvda O‘zbekiston milliy jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov zahirada qoldirildi.
«Manchester Siti» o‘z maydonida «Sanderlend»ni mag'lub qildi
photo: gettyimages
Angliya Premer-ligasi
20.09.2026, Yak.
Manchester Siti
5
Sanderlend
3

Angliya-premer ligasining 5-turida «Manchester Siti» o‘z maydonida «Sanderlend»ni qabul qildi. «Etihad» stadionida kechgan bellashuv mezbonlarning 5:3 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Hisob 9-daqiqada Enso Fernandes tomonidan ochildi. «Sanderlend» vakili Brayan Brobbey 12-daqiqada javob golini urdi. Rayyan Sherki 29-daqiqada «Siti»ni yana oldinga olib chiqdi, biroq Brobbey 33-daqiqada yana hisobni tenglashtirdi.

Tanaffus arafasida Antuan Semenyo gol urib, mezbonlarni oldinga olib chiqdi. U 57-daqiqada dublini rasmiylashtirdi. Brobbey 59-daqiqada uchinchi golini urib, farqni qisqartirdi. 81-daqiqada Erling Holand «Manchester Siti»ning beshinchi goliga mualliflik qildi.

Bellashuvda O‘zbekiston milliy jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov zahirada qoldirildi.

Ushbu natijadan so‘ng «Manchester Siti» 15 ochko bilan turnir jadvalida 1-o‘rinda bormoqda. «Sanderlend» esa 4 ochko bilan 14-o‘rinda.

APL. 5-tur
Manchester Siti — Sanderlend 5:3
Gollar:
Fernandes 9, Sherki 29, Semenyo 43, 57, Holand 81 — Brobbey 12, 33, 59.

Manchester Siti: Donnarumma, Nunesh, Diash, Gehi, Gvardiol, Enso Fernandes, Anderson, Semenyo, Sherki (O‘Rayli, 85), Ndiaye (Doku, 75), Holand.
Sanderlend: Rufs, Mukiyele, Danso, Ballard, Metali, Jaka, Sadiki (Izidor, 68), Meune (Xyum, 79), Le Fe, Angulo (Fofana, 60), Brobbey.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting