locale OZ

“Manchester Siti” ojiz nuqtalarini “Yuventus” futbolchilari bilan to'ldirmoqchi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Manchester Siti” ojiz nuqtalarini “Yuventus” futbolchilari bilan yopmoqchi
FOTO: Getty Images

“Manchester Siti” “Yuventus”ning chap qanot himoyachisi Andrea Kambiyaso va darvozabon Mishel Di Gregorioga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Tuttosport nashri xabar berdi.

Manbaga ko'ra, turinliklar Kambiyaso uchun 70 million yevro, Di Gregorio uchun esa 30 million yevro talab qilmoqda. “Shaharliklar” rahbariyati hozirda ushbu transferlar ustida ish olib bormoqda.

Ma'lumot uchun, Kambiyasoning “Yuventus” bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2029-yilga qadar amal qiladi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 40 million yevroga baholanmoqda.

Di Gregorioning shartnoma muddati ham aynan 2029-yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Uning Transfermarkt'dagi narxi 18 million yevroga baholanmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting