locale OZ

“Manchester Siti” Kevin De Bruynega o'rinbosar topdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Manchester Siti” Kevin De Bruynega o'rinbosar topdi
FOTO: Getty Images

“Manchester Siti” yozgi transferlar vaqtida “Milan”ning gollandiyalik yarim himoyachisi Tijani Reyndersni o'z safiga qo'shib olmoqchi. Bu haqda ingliz matbuoti xabar bermoqda.

Ta'kidlanishicha, “shaharliklar” uchun Reynders bilan shartnoma imzolash oson bo'lmaydi. Avvalroq, futbolchi “Milan” bilan bitimni 2030-yilga qadar uzaytirgandi.

Biroq, “rossonerilar” rahbariyati, agar futbolchining o'zi jamoani o'zgartirishni istasa va klubga foydali taklif kelib tushsa, Reyndersni sotish haqida o'ylab ko'rmoqchi.

Ma'lumot uchun, Tijani Reynders 2023-yildan buyon “Milan” sharafini himoya qilib kelmoqda. Uning Transfermarkt'dagi narxi 50 million yevroga baholanmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting