locale OZ

“Manchester Siti” himoyachisi faoliyatini Turkiyada davom ettirishi mumkin

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Manchester Siti” himoyachisi faoliyatini Turkiyada davom ettirishi mumkin
FOTO: Getty Images

Turkiyaning “Fenerbaxche” klubi “Manchester Siti” qanot himoyachisi Kayl Uokerga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda jurnalist Yagiz Sabunchuog'lu xabar berdi.

Manbaga ko'ra, istanbulliklar rahbariyati futbolchiga allaqachon taklif bilan chiqqan. Qayd etilishicha, Uoker kamida ikki yillik shartnomaga ega bo'lmoqchi.

Agar himoyachi “Fenerbaxche” bilan kelisha olmasa, “Manchester Siti” uni tekinga qo'yib yuborishga tayyor. Turk klubi allaqachon futbolchining agentlari bilan muzokara olib bormoqda.

Ma'lumot uchun, Uoker o'tgan mavsumni ijara asosida “Milan”da o'tkazib, 14 ta o'yinda maydonga tushdi. Uning “shaharliklar” bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2026-yilning yoziga qadar amal qiladi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting