locale OZ

“Manchester Siti” Gvardiolaga o'rinbosar topdi

Futbol
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
“Manchester Siti” Gvardiolaga o'rinbosar topdi
FOTO: Getty Images

Angliyaning “Manchester Siti” klubi amaldagi bosh murabbiy Pep Gvardiola jamoani tark etganidan so'ng uning o'rnini kim egallashini ma'lum qildi. Bu haqda Football Transfers xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, Gvardioladan so'ng yangi murabbiy hozirda Italiyaning “Komo” klubini boshqarayotgan Sesk Fabregas bo'ladi.

“Fabregas murabbiy sifatidagi birinchi mavsumini yakunladi va Yevropaning eng yorqin yosh murabbiylaridan biri sifatida shuhrat qozondi.

38 yoshli mutaxassisning taktik sxemasi aniqligi va ishonchliligi, shuningdek, uning pozitsion futbolni chuqur tushunishi Seskni uzoq muddatli rejalarida ko'rayotgan “Manchester Siti” ierarxiyasini hayratda qoldirdi”, - deyiladi xabarda.

Eslatib o'tamiz, Pep Gvardiolaning “Manchester Siti” bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2027-yilning yozida yakuniga yetadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting