“Manchester Siti” “Galatasaroy” futbolchisini sotib olishi mumkin
FOTO: Getty Images
“Manchester Siti” “Galatasaroy”ning 25 yoshli yarim himoyachisi Gabriel Saraga qiziqish bildirmoqda va yozgi transferlar vaqtida o'z safiga qo'shib olmoqchi. Bu haqda Fanatik nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, braziliyalik futbolchining ehtimoliy transferi “shaharliklar”ga 40 million yevroga tushishi mumkin. Shuningdek, Saraga “Aston Villa”, “Nottingem Forest” va “Everton” klublari ham qiziqish bildirmoqda.
Ma'lumot uchun, Gabriel Sara joriy mavsum barcha turnirlarda 41 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt'dagi narxi 22 million yevroga baholanmoqda.
Nasrullo Karimov
Jurnalist